19 Sentyabr 2024 yil 256

Surxondaryo viloyati IIBda aholi murojaatlari bilan ishlash yo‘nalishida o‘quv seminari tashkil etildi.

Surxondaryo viloyati IIB Tashkiliy boshqarma Tezkor boshqaruv markazi Navbatchilik qismi, 102-xizmati hamda barcha shahar-tuman IIBlarning Navbatchilik qismi, murojaatlar bilan ishlash guruhi xodimlari ishtirokida "Ye-material" va "102" xizmatlaridan kelib tushayotgan murojaatlarni to‘g‘ri malakalash hamda ijrochiga tezkorlik bilan yetkazish maqsadiga qaratilgan  videoselektor tarzidagi o‘quv seminar tashkil etildi.

O‘quv seminari davomida, ma’ruzachilar fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarni to‘g‘ri va samarali malakalash hamda tezkorlik bilan ijroga qaratish, murojaatlarning ijro natijalarini belgilangan muddatlarda, murojaatchilarni xabardor qilish yoki ularga javob xatlarini fuqaroga tushunarli tarzda yetkazish, bu borada mas’ul va ijrochi xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yib kelayotgan kamchilliklar misollar bilan keltirildi.

Shuningdek, o‘quv seminari davomida xodimlarga huquqbuzarlik hamda jinoyatlarning to‘g‘ri malakalanishlaridan tashqari, birinchi navbatda aholi xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, jamoat tartibini saqlash bo‘yicha tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar ham berildi.

O‘quv seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Text to speech