10 Iyun 2024 yil 406

Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Ekalogik madaniyat: bugun va kelajak” mavzusiga bag‘ishlandi.

Joriy yilning 10 iyun kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sh.Shadiev ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Ekalogik madaniyat: bugun va kelajak” mavzusida navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.

Mavzu tafsilotlari yuzasidan Surxondaryo viloyati Ekalogiya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i T.Boyqobilovning ma’ruzasi tinglandi.

Shundan so‘ng, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir hafta davomida sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining hamda viloyat IIB boshlig‘ining 2024 yil 30 may kunidagi tegishli buyruqlari bilan bir qator rahbar va xodimlarga navbatdagi ofitserlar tarkibining podpolkovnik va mayor maxsus unvonlari tantanali ravishda topshirildi.

“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shadiev tomonidan Joriy yilning 1 iyun kunidan 30 iyun kuniga qadar Respublikaning barcha hududlaridagi Ichki ishlar organlari tizimlarida “Qonuniylikni ta’minlash va temir intizom oyligi” o‘tkazilishi belgilanganligi munosabati bilan ushbu oylikda barcha shaxsiy tarkib halollik bilan xizmat olib borishlari va faol ishtirok etishga chorlab, oyiliknig o‘n kunligi doirasida ba’zi xodimlarning yurish turishi, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari bilan birga xatti-harakatlari tanqidiy muhokama qilindi.

Text to speech