28 Iyul 2025 yil 92

Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Odam savdosi – davr muammosi” mavzusiga bag‘ishlandi.

Joriy yilning 28 iyul kuni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari Uchqun Yakubov ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Odam savdosi – davr muammosi” darsi o‘tkazildi.

Mavzu tafsilotlari yuzasidan, “Barqaror Hayot” Xalqaro Ijtimoiy-ma’rifat markazi" huquqshunosi Nurmuxammad Qurbonovning ma’ruzasi tinglandi.

Shundan so‘ng, IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchisi podpolkovnik Quvonch Qodirov tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi 2025/2026-o‘quv yili uchun kunduzgi ta’lim bakalavriatining “Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati” yo‘nalishiga qo‘shimcha tanlov haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.

Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ma’sul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga xodimlarning xizmat intizomi hamda qonuniylikka rioya qilishlari to‘g‘risida ma’lumotlar berilib tanqidiy fikrlar bildirildi.

Bundan tashqari, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan IIV tomonidan yuborilgan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar yetkazilib, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilish hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari bilan birga xatti-harakatlari tanqidiy muhokama etilib, shaxsiy tarkibning jingovar shayligi, bilim saviyasini yanada oshirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar haqida tanqidiy fikrlar bildirildi.

Shundan so‘ng, sodir etilgan jinoiy qilmishlarini pora evaziga og‘dirib olmoqchi bo‘lgan shaxsning qilmishini fosh etib, o‘ziga taklif qilingan porani rad etib jamiyatda korrupsion jinoyatlarga murosasiz kurash olib borishda xizmatdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan Termiz shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi katta tergovchisi katta leytenant Dilshod Abdukarimov viloyat IIB boshlig‘ining pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.

Text to speech