Surxondaryo viloyati IIBda fuqarolar uchun tergov va surishtiruv sohasiga oid navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, fuqarolarning soha bilan bog‘liq muammolariga ijobiy yechim topish maqsadida Surxondaryo viloyatida doimiy ravishda sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.
Jumladan, joriy yilning 26 iyul kuni, Surxondaryo
viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Xurshid
Atanazarov tomonidan Termiz shahar, Angor hamda Termiz tumani fuqarolari uchun Termiz shahrida navbatdagi sayyor
qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida asosiy e’tibor, murojaat bilan kelgan fuqarolarning
muammolarini joyida hal etish hamda ularga huquqiy maslahatlar berishga qaratilib,
buning uchun mas’ul xodimlar qatnashishlari ta’minlandi.
Qabul davomida, Tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan jami
10 nafar fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi.
Ushbu 10 nafar fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha, 6 tasi joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa 4 ta murojaatlar vaqt talab qilganligi bois mas’ul xodimlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.