26 Iyul 2025 yil 534

Surxondaryo viloyati IIBda tergov bo‘linmalari shaxsiy tarkibi o‘rtasida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Kuni kecha Surxondaryo viloyati IIBda video selektor tarzida, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tergov bo‘linmalari shaxsiy tarkibi, shuningdek Adliya vazirligi huzuridagi Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Surxondaryo viloyati bo‘limi mutaxassislari hamda Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Yuridik yordam axborot tizimini yo‘lga qo‘yish holati” va “sudga oid yong‘in va elektro-texnikaviy ekspertiza”  mavzularida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘quv mashg‘uloti davomida ishtirokchilarga mavzu yuzasidan batafsil ma’lumotlar berilib, ushbu turdagi holatlar bo‘yicha amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar atroflicha o‘rganilishligi, kelgusida tergov qilish davomida yo‘l qo‘yib kelinayotgan xato va kamchiliklar, ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy tushunchalar berildi.

O‘quv mashg‘uloti yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.

Text to speech