26 May 2025 yil 552

Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi – amalda mavzusiga bag‘ishlandi.

Joriy yilning 26 may kuni viloyat IIB boshlig‘i birinchi o‘rinbosari, Baxtiyor Inoqov hamda viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i Sherzod Shadievlar ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi – amalda” mavzusida ma’naviyat va ma’rifat darsi o‘tkazildi.

Mavzu tafsilotlari yuzasidan, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) To‘lqinjon Xoliyarovning ma’ruzasi tinglandi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 4 iyuldagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizomining mazmun mohiyati viloyat IIB Tibbiyot bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Alisher Tursunov hamda Viloyat IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari mayor Nodir Xoliqovlar tomonidan tushuntirildi.

Bundan tashqari, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari, korrupsion jinoyatlarga murosasizlik bilan kurash olib borish, shaxsiy tarkibga xodimlarning xizmat intizomi hamda qonuniylikka rioya qilishlari to‘g‘risida tanqidiy fikrlar bildirildi.

Bundan tashqari, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari B.Inoqov tomonidan ba’zi xodimlarning yurish turishi, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari bilan birga xatti-harakatlari tanqidiy muhokama etildi. Shuningdek, viloyat hududida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora tadbirlar borasida tegishli topshiriqlar berildi.

Text to speech