19 Aprel 2024 yil 271

Surxondaryo viloyati IIBda “Xodim psixolog huzuriga emas-psixolog xodim huzuriga” tamoyili asosidagi ishlar izchillik bilan davom etmoqda

Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari hamda Denov tuman IIB boshlig‘ining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bilan hamkorlikda “Xodim psixolog huzuriga emas-psixolog xodim huzuriga” tamoyili asosida, Denov tumani Ichki ishlar boshqarmasi tarkibida xizmat qilayotgan xodimlarning oilasi, ularning turmush sharoitlarini o‘rganish maqsadida, yashash xonadonlariga borilib holidan xabar olindi. Tashrif buyurilgan xonadonlarning muammolari o‘rganilib, xodimlar va ularnnig oila a’zolari bilan psixologik suhbatlar o‘tkazildi.

Bunda asosiy e’tibor mutaxassis-psixologlar tomonidan xodimalarning oilasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldini olishga qaratildi.  

Bu kabi chora-tadbirlar doimiy ravishda Surxondaryo viloyati IIBning mutaxassislari tomonidan, xodimlar bilan psixologik trening va uchrashuvlar ko‘rinishida tashkil qilinib, kerakli va zarur bo‘lgan tavsiya hamda maslahatlar berib borilmoqda.

Text to speech