Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Ayollarning baxti – xalqimiz, jamiyatimizning baxtidir” mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy
yilning 4 mart kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sh.Shadiev ishtirokida
viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan
video selektor tarzida “Ayollarning baxti – xalqimiz, jamiyatimizning baxtidir”
mavzusida navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.
Mavzu
tafsilotlari yuzasidan Termiz muhandislik texnologiya instituti uzbek tili va adabiyoti
kafedrasi katta o'qituvchisi N.Xudoyorovaning ma’ruzasi tinglandi.
Shundan
so‘ng, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir
hafta davomida sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risidagi
ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo
viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirildi.
“Ma’naviyat
va ma’rifat” darsi davomida O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh
boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i tomonidan ba’zi
xodimlarning yurish turishi, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi
hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari
bilan birga xatti-harakatlari tanqid qilindi.
Shuningdek, o‘z xizmat vazifasiga sidqidildan
yondashib, hamkasblariga o‘rnak bo‘lib, korrupsion jinoyatlarning oldini olishda
namuna ko‘rsatib kelayotgan Jamoat
xavfsizligi xizmati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi to‘rtinchi safarbar guruhi
yo‘l-patrul xizmati inspektori hamda Termiz
shahar ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi
xizmati 2-son ichki ishlar bo‘limi huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi
profilaktika inspektori boshqarma boshlig‘ining qimmatbaho
sovg‘asi bilan taqdirlanib, el-yurt oldida qilayotgan xizmatlari e’tirof etildi.