Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Terrorizm va ekstremizm – chegara bilmas, millat tanlamas illat” mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy yilning 25 noyabr
kuni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosarlari ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi
hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Terrorizm
va ekstremizm – chegara bilmas, millat tanlamas illat” mavzusida navbatdagi “Ma’naviyat
va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari
yuzasidan, VIIB TQX TQKB mafkuraviy targ‘ibot bo‘limi mutaxassisi I.Suyunovning
prezentatsiyasi hamda ma’ruzasi tinglandi.
Shundan so‘ng, viloyat
IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari podpolkovnik B.Inoqov tomonidan tizimda e’lon
qilingan dolzarb 50 kunlik doirasida viloyatimiz hududida kriminogen vaziyatni yaxshilash,
jinoyatchilikka qarshi kurashish, uning oldini olish, fuqarolar osoyishtaligini,
yo‘l harakat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan
chora-tadbirlar yuzasidan barcha shaxsiy tarkibga tegishli topshiriqlar berilib,
ijrosi alohida nazoratga olinganligi shaxsiy tarkib e’tiboriga yetkazildi.
“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida, viloyat IIB boshlig‘i
o‘rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i
podpolkovnik Sh.Shadiev IIV Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamentidan
kelgan ishchi guruh tomonidan aniqlangan kamchiliklarni birma-bir o‘qib eshittirib
ushbu kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ma’ul rahbarlarga topshiriqlar berdi.
Shundan so‘ng, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Q.Samandarov tomonidan shaxsiy tarkibga xodimlarning xizmat intizomi hamda qonuniylikka rioya qilishlari to‘g‘risida tanqidiy fikrlar bildirib o‘tildi.