25 Avgust 2025 yil 442

Surxondaryo viloyati IIBda “Mustaqillik” bayrami munosabati bilan saf ko‘rigi va saf tayyorgarligi mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Saf ko‘rigini o‘tkazish davomida biriktirilgan rahbar va mas’ul xodimlar tomonidan shaxsiy tarkibning belgilangan formali kiyim-boshni o‘rnatilgan tartibda kiyib yurish qoidalariga amal qilishi, tashqi ko‘rinishi, xizmat guvohnomalarini mavjudligi va tabel qurollarining biriktirilganligiga hamda ularning saf tayyorgarlik darajasiga alohida e’tibor qaratildi. Saf ko‘rigini o‘tkazish davomida aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish borasida viloyat Ichki ishlar organlarining barcha rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi.

Bundan tashqari, saf ko‘rigida ishtirok etgan xodimlarning saf tayyorgarlik ko‘nikmalarini oshirish maqsadida, safdan chiqish va safga qaytish, harbiycha salom berish hamda tantanali yurish usullarini mukammal o‘zlashtirishlariga alohida e’tibor qaratilib amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Bu kabi tadbirlar viloyatning barcha shahar-tuman IIB va sohaviy xizmatlarda tashkil etildi.

Text to speech