Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Yangi O‘zbekiston – inson sha’ni va qadr-qimmati ustuvor mamlakat” mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy yilning
26 fevral kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sh.Shadiev ishtirokida
viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda barcha shahar-tuman IIB shaxsiy tarkibi bilan
video selektor tarzida “Yangi O‘zbekiston – inson sha’ni va qadr-qimmati
ustuvor mamlakat” mavzusida navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari
yuzasidan Termiz Davlat Universiteti tarix fanlar do‘ktori professor Pardayev
Toshkenboy Rajabovichning ma’ruzasi tinglandi.
Shundan
so‘ng, Respublika va viloyatimiz hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan
o‘tgan bir hafta davomida sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari
to‘g‘risidagi ma’lumotlar shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirilib, O‘zbekiston Respublikasi
IIB Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi,
viloyat IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati hamda viloyat
IIB axborot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlangan ichki ishlar organlari xodimlari bilan bog‘liq
salbiy holatlar aks etgan videofilm shaxsiy tarkib e’tiboriga namoyish etildi.
“Ma’naviyat va
ma’rifat” darsi davomida viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Shadiev hamda O‘zbekiston Respublikasi IIB Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo
viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Q.Samandarovlar tomonidan
ba’zi xodimlarning yurish turishi, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi
hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari
bilan birga xatti-harakatlari tanqid qilindi.
Shuningdek, viloyatimiz hududida Huquqni
muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida o‘tkazilib, kelinayotgan Ma’naviy va ma’rifiy
hamda Sport musobaqalarida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan viloyat IIBning bir
guruh xodimlari boshqarma boshlig‘ining pul mukofotlari bilan taqdirlanib, el-yurt
oldida qilayotgan xizmatlari e’tirof etildi.