Surxondaryo viloyati IIBda “Keksalar zavqi” shiori ostida Ichki ishlar organlari Faxriy xodimlari o‘rtasida sportning “Mini futbol” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 aprel kunidagi PQ-5050-son
Qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida ma’anaviy-ma’rifiy ishlarni
tashkil etish konsepsiyasi, Ichki ishlar vazirining 2023 yil 19 sentabr kunidagi
farmoyishi ijrosini ta’minlash, shuningdek, yoshi ulug‘ faxriylarga e’tibor hamda
g‘amxo‘rlikni kuchaytirish, ularni sog‘lomlashtirish ishlarini, ijtimoiy hayotdagi
faolliklarini oshirish” maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi IIV “Dinamo” JTSJ Surxondaryo viloyati kengashi bilan hamkorlikda sportning
“Mini futbol” turi bo‘yicha Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarida uzoq yillar
samarali mehnat qilib, hozirgi kunda nafaqada bo‘lgan Faxriy xodimlar o‘rtasida
“Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Ushbu sport musobaqasida viloyat sohaviy xizmat hamda shahar-tuman IIBlaridan
jami to‘rtta Faxriy xodimlar terma jamoalari ishtirok etishdi.
Musobaqa natijalariga ko‘ra uchinchi o‘rinni Qumqo‘rg‘on tumani IIB Faxriy
xodimlar jamoasi, ikkinchi o‘rinni 9-son Tergov xibsxonasi Faxriy xodimlar jamoasi
va faxrli birinchi o‘rinni Termiz shahar IIB Faxriylar jamoasi qo‘lga kiritishdi.
Musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar Surxondaryo
viloyati IIB boshlig‘ining diplom, medal hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan
taqdirlanishdi.