22 Sentyabr 2025 yil 133

Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Boshqaruv psixologiyasi” mavzusiga bag‘ishlandi.

 Joriy yilning 22 sentabr kuni viloyat IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari, mayor Nodir Xoliqov ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Intizom va qonuniylik – xizmatning asosiy qoidasi” darsi o‘tkazildi.

Mavzu tafsilotlari yuzasidan, Termiz davlat pedagogoka institutining “Amaliy psixologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi Baxtiyor Axmedovning ma’ruzasi tinglandi.

Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ma’sul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga xodimlarning xizmat intizomi hamda qonuniylikka rioya qilishlari to‘g‘risida ma’lumotlar berilib tanqidiy fikrlar bildirildi.

Bundan tashqari, viloyat IIB Tashkiliy boshqarma boshlig‘ining Yuridik masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, podpolkovnik Murod Shaymardonov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan yangi qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyati, hujjatlarni yuritish tartib qoidalari tushuntirildi.

Shuningdek, viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Nazaorat litsenziyalash faoliyati guruhi muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori, podpolkovnik Husniddin Umbarov tomonidan fuqarolar hamda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ov quroli va undan foydalanish tartib qoidalari haqida ma’lumotlar berildi.

Shu bilan bir qatorda, IIV tomonidan yuborilgan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar yetkazilib, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilish hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari bilan birga xatti-harakatlari tanqidiy muhokama etilib, shaxsiy tarkibning jingovar shayligi, bilim saviyasini yanada oshirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar haqida tanqidiy fikrlar bildirildi.

Text to speech