Surxondaryo viloyati IIBda rahbar kadrlar uchun ikki kunlik o‘quv-amaliy seminari tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2023 yil 20 fevral kunidagi “Ichki ishlar organlarida kadrlar bilan ta’minlash faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi tegishli buyrug‘i talablari asosida Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida rahbarlik lavozimlariga kadrlar tayyorlash va joy-joyiga qo‘yish tizimini yanada takomillashtirish, rahbar kadrlarni tayyorlash, psixologik tushunchalar berish, zimmasiga yuklatilgan vazifalarga nisbatan mas’uliyatlarini yanada oshirish, jamoadagi ma’naviy-ruhiy muhitni yanada yaxshilash hamda xodimlarga ichki ishlar organlari tizimida va jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida o‘tkazilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini o‘z vaqtida yetkazish, ularni rahbar lavozimlarda xizmat o‘tash uchun tayyorlashning ilg‘or tajribasini joriy etish maqsadida, joriy yilning 28-29-mart kunlari o‘quv-seminari tashkil etildi.
O‘quv kurslarini sifatli
hamda samarali tashkil etish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi
tasarrufiga kiruvchi lavozimlarga zahiraga kiritilgan viloyat IIB sohaviy xizmatlarining
yetuk malakali kadrlari hamda oliy ta’lim muassasalarining professor o‘qituvchilari
jalb etildi.
O‘quv-amaliy seminar
davomida amaldagi rahbar kadrlar zahirasiga kiritilgan xodimlari lavozimga ko‘tarilish
uchun zarur bo‘lgan kasbiy, ishbilarmonlik, shaxsiy va ma’naviy axloqiy fazilatlariga
ega, salohiyatli, yetuk, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lgan, egallagan
lavozimlarida o‘zini ijobiy tomondan namoyon qilgan va qisqa muddatda rahbarlik
lavozimlarini egallashga loyiq bo‘lgan, yuqori malakali xodimlarni shakillantirish
ko‘zda tutildi.
Shuningdek, tashkil etilgan o‘quv-amaliy seminarda, rahbar xodimlarning jismoniy va jangovar tayyorgarliklarini yana bir bor nazoratdan o‘tkazish maqsadida, makarov to‘pponchasidan o‘q otish mashg‘uloti o‘tkazilib, merganlik mahorati sinovdan o‘tkazildi.