11 Mart 2025 yil
1045
Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi fuqarolar uchun qabul o‘tkazildi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, fuqarolarning soha bilan bog‘liq muammolariga ijobiy yechim topish maqsadida, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida doimiy ravishda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari yuzasidan qabullar o‘tkazib kelinmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB binosida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida asosiy e’tibor, murojaat bilan kelgan fuqarolarning muammolarini joyida hal etish hamda ularga huquqiy maslahatlar berishga qaratilib, buning uchun mas’ul xodimlarning ishtiroki ta’minlandi.