21 Iyul 2025 yil 394

Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Xodimlarning ijtimoiy himoyasi doimiy e’tiborda” mavzusiga bag‘ishlandi.

Joriy yilning 21 iyul kuni viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari baxtiyor Inoqov, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari Sherzod Shadiev hamda Uchqun Yakubovlar ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Ma’rifatli yoshlar – millat faxri” darsi o‘tkazildi.

Mavzu tafsilotlari yuzasidan, viloyat IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nodir Xoliqovning ma’ruzasi tinglandi.

Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ma’sul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga xodimlarning xizmat intizomi hamda qonuniylikka rioya qilishlari to‘g‘risida ma’lumotlar berilib tanqidiy fikrlar bildirildi.

Bundan tashqari, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari tomonidan IIV tomonidan yuborilgan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar yetkazilib, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilish hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari bilan birga xatti-harakatlari tanqidiy muhokama etilib, shaxsiy tarkibning jingovar shayligi, bilim saviyasini yanada oshirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar haqida tanqidiy fikrlar bildirildi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tarkibiy va hududiy bo‘linmalari o‘rtasida sportning Kurash turi bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan viloyat IIB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadining bir guruh xodimlari viloyat IIB boshlig‘ining pul mukofotlari bilan rag‘batlantirilgan bo‘lsa, uzoq yillar ichki ishlar organlari tizimida samarali faoliyat olib borgan mayor Farxod Xolto‘raev tantanali ravishda pensiyaga kuzatildi.

Text to speech