20 Oktyabr 2025 yil 119

Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “O‘zbek tili - onajonim tili bu” mavzusiga bag‘ishlandi.

Joriy yilning 20 oktabr kuni viloyat IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari, mayor Nodir Xoliqov ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “O‘zbek tili - onajonim tili bu (21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni)” mavzusida  ma’naviyat va ma’rifat darsi o‘tkazildi.

Mavzu tafsilotlari yuzasidan, Termiz Davlat Universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi - Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Zoxir Kenjaevning mavzu yuzasidan ma’ruzasi tinglandi.

Ma’naviyat va ma’rifat darsi davomida, “Uch avlod uchrashuvi” ham tashkil etilib, ishtirok etayotgan ichki ishlar faxriylari o‘zlarining o‘gitlari bilan o‘rtoqlashdi.

Bundan tashqari, viloyat IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Jismoniy va jangovar tayyorgarligi bo‘limi boshlig‘i, mayor Husan Nurmatov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025 yil 10 oktabr kunida “Ichki ishlar organlari xodimlarining jismoniy va jangovar tayyorgarligini tashkil etish, malaka toifasini berish hamda reyting baholash tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi 600 sonli buyrug‘i mazmun-mohiyati yuzasidan ma’ruza qilinib, barcha shaxsiy tarkib e’tiboriga yangi tartib-qoidalar tushuntirildi.

Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ma’sul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga xodimlarning xizmat intizomi hamda qonuniylikka rioya qilishlari to‘g‘risida ma’lumotlar berilib tanqidiy fikrlar bildirildi.

Shu bilan bir qatorda, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosarining Tashkiliy-shtat ishlari bo‘yicha yordamchisi, podpolkovnik Baxtiyor Choriev tomonidan Ichki ishlar vazirligi tuzilmasiga oid islohotlar, Ichki ishlar organlarining imidji yuksalishiga sabab bo‘layotgan omillar, IIV ta’lim muassasalari faoliyatiga oid islohotlar, tizimda joriy etilgan yangi mexanizmlar, moddiy-texnik ta’minoti, Yo‘l-harakati xavfsizligini ta’minlash, xdimlarni ijtimoiy himoya qilish, Ichki ishlar vazirining sohaviy xizmatlar faoliyatiga oid yangi buyruqlari, tashkiliy va boshqa masalalar bo‘yicha ma’lmuotlar berildi.

Text to speech