17 Fevral 2025 yil 500

Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Bobur – adolatli shoh va buyuk shoir (14-fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun)” mavzusiga bag‘ishlandi.

Joriy yilning 17 fevral kuni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i Sherzod Shadiev ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Bobur – adolatli shoh va buyuk shoir” mavzusida navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.

Mavzu tafsilotlari yuzasidan, Termiz Davlat Universiteti qoshidagi Akademik litseyi tarix fani bosh o‘qituvchisi Jahongir Usmonovning ma’ruzasi tinglandi.

Shundan so‘ng, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Q.Samandarov tomonidan shaxsiy tarkibga xodimlarning xizmat intizomi hamda qonuniylikka rioya qilishlari to‘g‘risida tanqidiy fikrlar bildirildi.

Bundan tashqari, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Shadiev tomonidan ba’zi xodimlarning yurish turishi, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari bilan birga xatti-harakatlari tanqidiy muhokama etildi. Shuningdek, viloyat hududida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora tadbirlar borasida tegishli topshiriqlar berildi.

Shu bilan birga, viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Abror Xudoyberdiev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvar kunidagi 1-sonli Qarori ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar hususida so‘z yuritib, o‘zining taklif va mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Bundan tashqari, viloyat IIB Tashkiliy boshqarma Yuridik ta’minlash guruhi yetakchi yuriskonsulti, podpolkovnik Murod Shaymardonov tomonidan shaxsiy tarkib e’tiboriga Ichki ishlar organlariga oid normativ huquqiy hujjatlarga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida ma’lumotlar yetkazildi.

Shuningdek, fuqarolar tomonidan taklif etilgan porani olishdan rad etib, xizmatdoshlariga o‘rnak ko‘rsatib, korrupsiyaga murosasizlik bilan qarshi kurashishda o‘z hissasini qo‘shgan ichki ishlar organlari xodimi viloyat IIBning qimmatbaho sovg‘alari bilan munosib ravishda rag‘batlantirildi.

Text to speech