13 Yanvar 2025 yil 444

Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Mard bor joyda-chekinar xatar” (14-yanvar-Vatan himoyachilari kuni) mavzusiga bag‘ishlandi.

Joriy yilning 6 yanvar kuni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i Sherzod Shadiev ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Mard bor joyda-chekinar xatar” mavzusida navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.

Mavzu tafsilotlari yuzasidan, Termiz Davlat universiteti Jaxon tarix kafedrasi katta o‘qituvchisi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa fanlari doktori Ikromjon Umarovning ma’ruzasi tinglandi.

Shuningdek, IIV tomonidan taqdim qilingan hafta davomida Respublikamizga oid va dunyoda ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtiqodiy, siyosiy,  ma’naviy-ma’rifiy, fan va meditsina sohalarida qilingan yangiliklar voqea va hodisalar haqida tayyorlangan video lavha shaxsiy tarkib e’tiboriga havola etildi.

Shundan so‘ng, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Q.Samandarov tomonidan shaxsiy tarkibga xodimlarning xizmat intizomi hamda qonuniylikka rioya qilishlari to‘g‘risida tanqidiy fikrlar bildirildi.

Bundan tashqari, boshqarma boshlig‘i o‘rinbsari Sh.Shadiev tomonidan ba’zi xodimlarning yurish turishi, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari bilan birga xatti-harakatlari tanqidiy muhokama etildi. Shuningdek, viloyat hududida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora tadbirlar borasida tegishli topshiriqlar berildi.

“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi yakunida, O‘zbekiston Respublikasi IIVning tegishli buyrug‘i bilan viloyat IIB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi boshlig‘i mayor Abdulla Xoliyorovga navbatdagi “podpolkovnik” maxsus unvoni tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech