Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Xonlik davrida jamoat tartibi va xavfsizlikni ta’minlash” mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy yilning 16 dekabr kuni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sh.Shadiev ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Xonlik davrida jamoat tartibi va xavfsizlikni ta’minlash” mavzusida navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari yuzasidan,
Termiz Davlat Universiteti Tarix fanlari doktori professor Toshkenboy Pardaevning
ma’ruzasi tinglandi.
Shundan so‘ng, Respublika hududida
ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi
buzilish holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh
boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Q.Samandarov
tomonidan shaxsiy tarkibga xodimlarning xizmat intizomi hamda qonuniylikka rioya
qilishlari to‘g‘risida tanqidiy fikrlar bildirildi.
“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida, O‘zbekiston Respublikasi IIVning
tegishli buyruqlari bilan Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar
bilan ta’minlash xizmati psixologik ta’minlash guruhi katta psixolog-poligrafologi
katta leytenant Mirsaid Qodirov Ichki ishlar vazirligining
“Esdalik qo‘l soati” bilan hamda Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasining “Ma’naviyat
va ma’rifat xonasi” 2024 yil 30 noyabr kuni “Ichki ishlar organlarida “Namunali ma’naviyat va ma’rifat xonasi”
ko‘rik-tanlovida ishtirok etib, faxrli uchinchi qo‘lga kiritgani uchun Uchinchi darajali diplom va o‘n million so‘m miqdorida pul mukofoti
bilan taqdirlandi.
Shuningdek, viloyat IIB boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan ichki ishlar
organlari tizimida uzoq yillar samarali xizmat olib borgan Safarov Saydullo Qarshiboevichning
xizmatlari e’tirof etilib, tantanali ravishda pensiyaga kuzatildi.
Dars davomida, viloyat IIB Tashkiliy boshqarma Yuridik ta’minlash guruhi yetakchi yuriskonsulti podpolkovnik Murod Shaymardonov hamda viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosarining Tashkiliy shtat ishlari bo‘yicha yordamchisi, podpolkovnik Baxtiyor Chorievlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi IIVning tegishli buyruqlariga kiritlgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazmun mohiyati tushuntirildi.