Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “So‘z, fikr va axborot erkinligi” mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy yilning 27 yanvar kuni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i Sherzod Shadiev ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “So‘z, fikr va axborot erkinligi” mavzusida navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari yuzasidan,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi
huzuridagi Axborot va Ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
bosh mutaxassisi Odil Xudoyqulovning
ma’ruzasi tinglandi.
Shuningdek, IIV tomonidan taqdim
qilingan hafta davomida yurtimizda va xorijda ro‘y
berayotgan ahamiyatga molik voqealar tavfsiloti bo‘yicha video rolik shaxsiy tarkib
e’tiboriga havola etildi.
Shundan so‘ng, Respublika hududida
ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi
buzilish holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh
boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Q.Samandarov
tomonidan shaxsiy tarkibga xodimlarning xizmat intizomi hamda qonuniylikka rioya
qilishlari to‘g‘risida tanqidiy fikrlar bildirildi.
Bundan tashqari,
boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Shadiev tomonidan ba’zi xodimlarning yurish turishi,
xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan
murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari bilan birga xatti-harakatlari
tanqidiy muhokama etildi. Shuningdek, viloyat hududida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning
barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora tadbirlar borasida
tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, xizmat faoliyati davomida rahbariyat tomonidan berilgan topshiriqlarni vijdonan bajarib, safdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimi D.Ibragimovning ota-onasiga O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar Vazirining “Minnatdorchilik” nomasi tantanali ravishda topshirildi.