3 Fevral 2025 yil 708

Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi fuqarolar uchun qabul o‘tkazildi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, fuqarolarning soha bilan bog‘liq muammolariga ijobiy yechim topish maqsadida, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida doimiy ravishda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari yuzasidan qabullar o‘tkazib kelinmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Xurshid Atanazarov tomonidan Sherobod, Muzrabot hamda Boysun tumani fuqarolari uchun viloyat IIB binosida navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida asosiy e’tibor, murojaat bilan kelgan fuqarolarning muammolarini joyida hal etish hamda ularga huquqiy maslahatlar berishga qaratilib, buning uchun mas’ul xodimlarning ishtiroki ta’minlandi.

Qabul davomida, Tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan jami 11 nafar fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi. 

Ushbu 11 nafar fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha, 7 tasi joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 4 nafariga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berilib, ijrosi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan nazoratga olindi.

Text to speech