30 Sentyabr 2024 yil 271

Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Kelajak yaratuvchilari (1-oktabr-O‘qituvchi va murabbiylar kuni)” mavzusiga bag‘ishlandi.

Joriy yilning 30 sentabr kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sh.Shadiev ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Kelajak yaratuvchilari (1-oktabr-O‘qituvchi va murabbiylar kuni)” mavzusida navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.

Mavzu tafsilotlari yuzasidan Termiz shahar 18-sonli maktabi o‘qituvchisi D.Xayitovaning ma’ruzasi tinglandi.

Shuningdek “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida, Angor tumani ishga marhamat Mono markazi statistika bo‘lim boshlig‘i I.To‘raev tomonidan Surxondaryo viloyati IIOlarida xizmat qilib kelayotgan xodim va ishchi xizmatchilarning oila a’zolarini Angor tumani ishga marhamat Mono markazi faoliyati bilan tanishtirish hamda o‘qishga yo‘naltirish maqsadiga qaratilgan takliflari va tavsiyalari yetkazildi.

Shundan so‘ng, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga xodimlarning xizmat intizomi hamda qonuniylikka rioya qilishlari to‘g‘risida tanqidiy fikr mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Bundan tashqari, boshqarma boshlig‘i o‘rinbsari podpolkovnik Sh.Shadiev hamda O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Q.Samandarovlar tomonidan ba’zi xodimlarning yurish turishi, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari bilan birga xatti-harakatlari tanqidiy muhokama etildi.

Shundan so‘ng, viloyat IIB boshlig‘ining buyrug‘i bilan ichki ishlar organlari safida uzoq yillar faoliyat olib borgan podpolkovnik Durdiev O‘tkir Kadirovich hamda Mamatov Abdumo‘min Rahmonqulovichlar “Qurolli kuchlar zahirasi”ga olinib, pensiyaga tantanali ravishda kuzatildi.

Text to speech