19 Noyabr 2024 yil
256
Surxondaryo viloyati IIBda Navbatchilik qismlari xodimlari ishtirokida 2024-yilning o‘tgan 10 oy davomida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan video selektor shaklida yig‘ilish muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Navbatchilik xizmati mamlakatimiz hududida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va tezkor yordam ko‘rsatishga qaratilgan muhim xizmatlardan biridir.
Ushbu xizmatning samarali ishlashi, jamiyatda xavfsizlikni ta’minlashda
muhim rol o‘ynaydi.
Joriy yilning 19 noyabr kuni Surxondaryo viloyati IIB Tashkiliy boshqarma
boshlig‘i S.B.Xakimov rahbarligida, viloyati IIOlarning Navbatchilik qismlari xodimlari
ishtirokida 2024-yilning o‘tgan 10 oy davomida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan
kamchiliklar yuzasidan video selektor shaklida
yig‘ilish muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida viloyat IIB Tashkiliy boshqarma va Harbiy safarbarlik
bo‘limi xodimlari tomonidan o‘quv seminari
o‘tkazildi.