Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Korrupsiyaga qarshi kurashish – davlat va jamiyat yangilanishida muhim omil.”mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy yilning 18-noyayabr kuni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sh.Shadiev ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – davlat va jamiyat yangilanishida muhim omil.” mavzusida navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari
yuzasidan, Surxondaryo viloyati Korrupsiyaga qarshi
kurashish hududiy Kengashi a’zosi Xolmirzaev
Abdulla Rahmonovichning ma’ruzasii tinglandi.
O‘quv darsi davomida, Respublika hududida ichki ishlar
organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish
holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi
Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Q.Samandarov tomonidan
shaxsiy tarkibga xodimlarning xizmat intizomi hamda qonuniylikka rioya qilishlari
to‘g‘risida tanqidiy fikrlar bildirib o‘tildi.