Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish xavfsizlik kafolati” mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy yilning 18 avgust kuni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Uchqun Yakubov hamda viloyat IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari mayor Nodir Xoliqovlar ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish xavfsizlik kafolati” darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari yuzasidan,
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti
“Transport muhandisligi va logistikasi” kafedrasi o‘qituvchisi, Aslidin Abdirashidovning
ma’ruzasi tinglandi.
Respublika hududida ichki ishlar
organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish
holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi
Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ma’sul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga
xodimlarning xizmat intizomi hamda qonuniylikka rioya qilishlari to‘g‘risida ma’lumotlar
berilib tanqidiy fikrlar bildirildi.
Bundan tashqari, IIV tomonidan
yuborilgan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar yetkazilib, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni
oldini olish, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilish hamda fuqarolar
tomonidan qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari
bilan birga xatti-harakatlari tanqidiy muhokama etilib, shaxsiy tarkibning jingovar
shayligi, bilim saviyasini yanada oshirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan
chora-tadbirlar haqida tanqidiy fikrlar bildirildi.
Shu bilan bir qatorda jamiyatda korrupsion jinoyatlarga murosasiz kurash olib borishda, safdoshlariga o‘rnak bo‘lib xizmat qilib kelayotgan Qumqo‘rg‘on tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi, profilaktika inspektori viloyat IIB boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan pul mukofoti tantanali ravishda topshirildi.