18 Mart 2024 yil 602

Surxondaryo viloyati IIBda xizmat qilayotgan ayol xodimalar bilan jangovar tayyorgarlik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022-yil 22-sentabr kunidagi "Ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarligini tashkillashtirish to‘g‘risida"gi 383-sonli buyrug‘i asosida.

         Ichki ishlari organlari xodimlarini jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarligini yanada oshirish maqsadida haftada bir marotaba o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

         Joriy yilning 18 mart kuni Jismoniy va jangovar tayyorgarlik bo‘limi xodimlari tomonidan, boshqarmada xizmat qilayotgan ayol xodimalar bilan jangovar tayyorgarlik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

         Mashg‘ulotda ayol xodimalarga o‘q-otar qurollarning taktik-texnik xususiyatlari tushuntirilib, ularni to‘liqsiz qismlarga ajratish va yig‘ish bo‘yicha ko‘nikmalari oshirildi. Shundan so‘ng sinovlar qabul qilindi.

         Ichki ishlar organlari xodimlarining jangovar tayyorgarlik darajasini oshirishga qaratilgan bu kabi o‘quv mashg‘ulotlariga viloyatning barcha tarkibiy tuzilmalari hamda hududiy bo‘linmalarida xizmat qilayotgan xodimlar jalb etib kelinmoqda.

Text to speech