18 Mart 2024 yil 634

Surxondaryo viloyati IIBda saf ko‘rigi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi IIVning “Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida”gi 2024-yil 9-mart kunidagi 82-son Farmoyishi hamda IIVning 2024-yil 16-mart kunidagi 2/2-500-sonli ko‘rsatmasi ijrosini ta’minlash, shuningdek shaxsiy tarkibni formali kiyim-boshni o‘rnatilgan tartibda kiyib yurish qoidalariga rioya etishlarini ta’minlash maqsadida, Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi bilan saf ko‘rigi va saf tayyorgarligi mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Saf ko‘rigini o‘tkazish davomida biriktirilgan rahbar va mas’ul xodimlar tomonidan shaxsiy tarkibning belgilangan formali kiyim-boshni o‘rnatilgan tartibda kiyib yurish qoidalariga amal qilishi, tashqi ko‘rinishi, xizmat guvohnomalarini mavjudligi va tabel qurollarining biriktirilganligiga hamda ularning saf tayyorgarlik darajasiga alohida e’tibor qaratildi. Saf ko‘rigini o‘tkazish davomida aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish borasida viloyat Ichki ishlar organlarining barcha rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi.

Bundan tashqari, saf ko‘rigida ishtirok etgan xodimlarning saf tayyorgarlik ko‘nikmalarini oshirish maqsadida, safdan chiqish va safga qaytish, harbiycha salom berish hamda tantanali yurish usullarini mukammal o‘zlashtirishlariga alohida e’tibor qaratilib amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Shu bilan birga, xodimlarning o‘z vaqtida ishga kelishi nazorat qilinib, ularga xizmat intizomiga amal qilish va qonuniylilikni mustahkamlash borasida tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi

Text to speech