17 Iyul 2025 yil 359

Surxondaryo viloyati IIBda IIV akademiyasiga o‘qish istagini bildirgan nomzodlar va ularning ota-onalari ishtirokida targ‘ibot uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2025-yil 13-iyuldagi “Ichki ishlar vazirligi akademiyasi bakalavriatining “Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati” yo‘nalishiga qo‘shimcha kvota asosida o‘qishga qabul qilish uchun nomzodlar tanlovini tashkil etish to‘g‘risida”gi 388-son buyrug‘i tasdiqlangan.

Mazkur buyruq asosida Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi binosida nomzodlar va ularning ota-onalari bilan targ‘ibot ishlari olib borildi. Tadbir IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchisi podpolkovnik Quvonch Qodirov hamda Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati mas’ul xodimi podpolkovnik O‘lmas Hamidovlar tomonidan olib borildi.

Tadbirda IIV Akademiyasi tomonidan tayyorlangan video rolik hamda e’lonlar tinglovchilar e’tiboriga havola etildi. Tadbir davomida nomzodlar va ularning ota-onalari tomonidan qiziqtirgan savollariga mas’ullar tomonidan atroflicha javob berildi.

Text to speech