Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Sun’iy intellektni joriy etish – davr talabi” mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy yilning 16 iyun kuni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i Sherzod Shadiev ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Sun’iy intellektni joriy etish – davr talabi” darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari yuzasidan,
Termiz Davlat Universiteti Axborot texnologiyalari
fakulteti Amaliy matematika kafedrasi mudiri, Fizika-matematika falsafa fanlari
doktori, Komiljon G‘ulomqodirovning ma’ruzasi tinglandi.
Ma’naviyat
va ma’rifat darsi davomida, o‘quv seminar ham tashkil etilib, unda
IIV Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti Jismoniy va
jangovar tayyorgarlik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Ozod Nasimov
tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2025 yil 14 fevral kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy
nizomlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-23-son farmoni hamda Mudofaa vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya va Davlat
xavfsizlik xizmati va boshqa manfaatdor vazirlik xamda idoralar o‘rtasida 2025 yil
20 may kunidagi tegishli qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi
Qurolli Kuchlarining Saf nizomi hamda unda keltirilgan vazifalar tushuntirib o‘tildi.
Respublika hududida ichki ishlar
organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish
holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi
Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ma’sul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga
xodimlarning xizmat intizomi hamda qonuniylikka rioya qilishlari to‘g‘risida tanqidiy
fikrlar bildirildi.
Bundan tashqari, boshqarma boshlig‘i
o‘rinbosari Sh.Shadiev tomonidan ba’zi xodimlarning yurish turishi, xizmat intizomi,
qonunchilikka qat’iy rioya qilishi hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan murojaatlar
bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari bilan birga xatti-harakatlari tanqidiy
muhokama etildi.
Shuningdek, viloyat hududida huquqbuzarlik
va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan
chora tadbirlar borasida tegishli topshiriqlar berildi.
Ma’naviyat va ma’rifat darsi yakunida, ichki ishlar organlari tomonidan sodir etilgan salbiy holatlar aks etgan video film shaxsiy tarkib e’tiboriga havola etildi.