16 Iyul 2025 yil 278

Surxondaryo viloyati IIBda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar, kadrlar bilan ta’minlash hamda jismoniy va jangovar tayyorgarlik yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.

Joriy yilning 16 iyul kuni viloyat IIB katta majlislar zalida viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Shadiev Sherzod Fayzullaevich huzurida 2025 yilning 6 oyi davomida Ma’naviy-ma’rifiy ishlar, kadrlar bilan ta’minlash hamda jismoniy va jangovar tayyorgarlik yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar hamda kelgusida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan amaliy chora-tadbirlarga bag‘ishlangan tanqidiy ruhdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati xizmati boshlig‘ining o‘rinbosarlari, shaxsiy tarkibi, soxaviy xizmatlarning ma’naviy ma’rifiy ishlarga mas’ul xodimlari, shahar-tuman IIB boshliqlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda kadrlar bilan ta’minlash guruhi katta inspektorlari ishtirok etdilar. 

Yig‘ilishda joriy yilning o‘tgan davri mobaynida xizmat xodimlari hamda joylardagi mas’ullar tomonilan amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklar xizmat boshlig‘ining o‘rinbosarlari tomonidan yig‘ilish qatnashchilariga o‘qib eshittirildi.

Shundan so‘ng, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shadiev va O‘zbekiston Respublikasi IIV ShXBB Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan yig‘ilish ishtirokchilariga bir qator topshiriq va takliflar berildi. 

Yig‘ilish so‘ngida mas’ullarga berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan belgilangan muddatlarda axborot berilishi to‘g‘risida ta’kidlab o‘tildi.

Text to speech