16 Iyul 2025 yil 253

Surxondaryo viloyati IIBda yosh xodimlar bilan davra suhbati va psixologik-trening mashg‘uloti o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari hamda psixolog Mohinur Qahhorovalar bilan hamkorlikda  IIV Akademiyasi bitiruvchilari davra suhbati va psixologik trening tashkil etildi.

Unda yosh xodimlarning individual–psixologik xususiyatlari, kasbiy tayyorgarlik hamda tezkor-xizmat vazifalarini bajarishda chidamlilik, bardoshlilik va boshqa irodaviy sifatlari, ekstrimal vaziyatlarda psixologik turg‘unligini ta’minlash, o‘zining muammolarini anglash, o‘ziga xos yo‘l topish, harakatlariga to‘g‘ri baho berishni shakllantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Mutaxassis-psixolog tomonidan psixologik trening davomida, jamoada ijtimoiy ma’naviy ruhiy muhitni yanada yaxshilash, xizmat faoliyati davomida xizmat intizomi buzilishi, doimiy charchoq, ishonchsizlik, tushkunlik kabi salbiy holatlarni barataraf etish yuzasidan muhim ma’lumotlar berildi.

Text to speech