Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Yangi O‘zbekiston armiyasi-mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir” mavzusiga bag‘ishlandi.
Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari
podpolkovnik Sh.F.Shadiev ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda barcha
shahar-tuman IIB shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Yangi O‘zbekiston
armiyasi-mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir” mavzusida “Ma’naviyat
va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari yuzasidan
11506-harbiy qism batalon komandirining tarbiyaviy va ma’fkuraviy ishlar bo‘yicha
o‘rinbosari mayor E. Otalikovning ma’ruzasi
tinglandi.
Shundan so‘ng, Respublika hududida
ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir hafta davomida sodir etilgan
qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Surxondaryo viloyati IIB MMI va KBTX boshlig‘i
o‘rinbosari mayor X.P.Nurmatov tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirildi.
“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi yakunida viloyati
IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.F.Shadiev tomonidan ba’zi xodimlarning
yurish turishi, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi hamda fuqarolar
tomonidan qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari
bilan birga xatti-harakatlari tanqid qilindi