Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Intizom va qonuniylik – xizmatning asosiy qoidasi” mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy yilning 15 sentabr kuni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Sherzod Shadiev ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Intizom va qonuniylik – xizmatning asosiy qoidasi” darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari yuzasidan,
viloyat IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i
o‘rinbosari, mayor Nodir Xoliqovning ma’ruzasi tinglandi.
Shuningdek, ma’naviyat va ma’rifat darsi davomida,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari xodimlarining
kasbiy, jismoniy va jangovar tayyorgarligini takomillashtirish orqali sohada malaka
salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025
yil 25 avgust kunidagi VM-536-sonli Qarori mazmun mohiyati viloyat IIB Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari, mayor Husan Nurmatov
tomonidan yana bir bor o‘qib eshittirildi.
Respublika hududida ichki ishlar
organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish
holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi
Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ma’sul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga
xodimlarning xizmat intizomi hamda qonuniylikka rioya qilishlari to‘g‘risida ma’lumotlar
berilib tanqidiy fikrlar bildirildi.
Bundan tashqari, viloyat IIB Tashkiliy
boshqarma boshlig‘ining Yuridik masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, podpolkovnik Murod
Shaymardonov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan
yangi qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyati, hujjatlarni
yuritish tartib qoidalari tushuntirildi.
Shu bilan bir qatorda, IIV tomonidan
yuborilgan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar yetkazilib, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni
oldini olish, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilish hamda fuqarolar
tomonidan qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari
bilan birga xatti-harakatlari tanqidiy muhokama etilib, shaxsiy tarkibning jingovar
shayligi, bilim saviyasini yanada oshirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan
chora-tadbirlar haqida tanqidiy fikrlar bildirildi.
Shu bilan bir qatorda, ichki ishlar organlari tizimida samarali xizmat qilgan podpolkovnik Samar Rashidov “Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablariga muvofiq Qurolli Kuchlar rezerviga olinib, tantanali ravishda pensiyaga kuzatilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi Faxriylar kengashi raisi iste’fodagi mayor Abduxalim Abduxalilov 1 senyatbr- “Mustaqillik kuni” bayrami munosabati bilan “Ichki ishlar organlarining faxriy xodimi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Ushbu ko‘krak nishoni boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan tantanali ravishda topshirildi.