Surxondaryo viloyati IIBda jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarining murojaatlari qabul qilindi
Xalq bilan muloqot tizimini yanada takomillashtirish, aholi uchun dolzarb
bo‘lgan muammolarni tezkor hal etish orqali ularning turmush tarzini yaxshilash,
og‘irini yengil qilish maqsadida, vazirlik – idora, sektor, viloyat va tumanlardagi
barcha darajadagi rahbarlar tomonidan qabullar o‘tkazilish belgilangan.
Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi binosida
Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Shadiev Sherzod Fayzullaevich tomonidan fuqarolarning
murojaatlari qabul qilindi.
Fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan muammoli
masalalarda murojaatlar qilishdi.
Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan o‘tkazilgan qabulda fuqarolar
mol-mulkini olib berish, ichki ishlar organlari xizmatiga ishga kirish va qayta
tiklash va boshqa bir qator masalalarda bildirgan murojaatlari tinglanib, ijobiy
yechim izlandi.
Ayrim fuqarolarning murojaatlari yuzasidan mas’ullarga
qo‘shimcha o‘rganish uchun yo‘naltirilib ijrosi nazoratga olindi.