Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Ma’rifatli yoshlar – millat faxri” mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy yilning 14 iyul kuni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Shadievlar ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Ma’rifatli yoshlar – millat faxri” darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari yuzasidan,
Termiz davlat universiteti O‘zbekiston tarixi va
manbashunoslik kafedrasi o‘qituvchisi Safarali Kushakovning ma’ruzasi tinglandi.
Respublika hududida ichki ishlar
organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish
holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi
Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ma’sul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga
xodimlarning xizmat intizomi hamda qonuniylikka rioya qilishlari to‘g‘risida ma’lumotlar
berilib tanqidiy fikrlar bildirildi.
Bundan tashqari, boshqarma boshlig‘i
o‘rinbosari Sherzod Shadiev tomonidan IIV tomonidan yuborilgan tegishli ko‘rsatma
va topshiriqlarni o‘qib eshittirib, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish,
xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilish hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan
murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari bilan birga xatti-harakatlari
tanqidiy muhokama etilib, shaxsiy tarkibning jingovar shayligi, bilim saviyasini
yanada oshirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar haqida
tanqidiy fikrlar bildirildi.