14 Aprel 2025 yil 927

Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Inson qadr-qimmati – eng oliy qadriyat” mavzusiga bag‘ishlandi.

Joriy yilning 14 aprel kuni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i Sherzod Shadiev ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Inson qadr-qimmati – eng oliy qadriyat” mavzusida navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.

Mavzu tafsilotlari yuzasidan, Termiz Davlat Pedagogika instituti katta o‘qituvchisi Fozil Shaymanovning ma’ruzasi tinglandi.

Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Qudrat Samandarov tomonidan shaxsiy tarkibga xodimlarning xizmat intizomi hamda qonuniylikka rioya qilishlari to‘g‘risida tanqidiy fikrlar bildirildi.

Bundan tashqari, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Shadiev tomonidan ba’zi xodimlarning yurish turishi, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari bilan birga xatti-harakatlari tanqidiy muhokama etildi. Shuningdek, viloyat hududida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora tadbirlar borasida tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishda xizmatdoshlariga o‘rnak ko‘rsatib kelayotgan bir guruh ichki ishlar organlari xodimlariga Boshqarma boshlig‘ining buyrug‘i bilan pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech