4 Noyabr 2023 yil 735

Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Bugungi geosiyosat va O‘zbekiston” mavzusiga bag‘ishlandi.

Joriy yilning 4 noyabr  kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.F.Shadiev ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda barcha shahar-tuman IIB shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Bugungi geosiyosat va O‘zbekiston” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.

Mavzu tafsilotlari yuzasidan Termiz Davlat Universiteti tarix fanlar do‘ktori professor Pardaev Toshkenboy Rajabovichning ma’ruzasi tinglandi.

“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida, 25 oktabr- Ichki ishlar organlari kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Surxondaryo viloyati IIB Shimoliy mintaqaviy hudud saf bo‘linmalari yo‘l-patrul xizmati otryadi yo‘l-patrul xizmati inspektori kichik serjant A.Yusupov “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Surxondaryo viloyatida xizmat olib borayotgan bir qator ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylari, “A’lo xizmatlari uchun”, I -darajali “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun”, II-darajali “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun”, III-darajali “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni, Ichki ishlar vazirligining Faxriy yorlig‘i, Ichki ishlar vazirligining Esdalik qo‘l soati, Qimmatbaho sovg‘a - kitoblar to‘plami bilan, Ichki ishlar vazirligining “Esdalik qo‘l soati”lari hamda ichki ishlar organlari xodimlari o‘ziga nisbatan pora taklif qilish holatini tegishli tartibda xabar berganligi uchun Qumqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limi Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi katta inspektori kapitan A.Qosimov to‘rt million so‘m miqdorida, 2023 yil 31 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati Chegara Qo‘shinining xabariga asosida olib borilgan qidiruv tadbiri davomida, Tojikiston Respublikasi fuqarosi  M.U. chegara qoidalarini buzib Sariosiyo tumani hududida yashirinib, yurgani aniqlab jazo muqarrarligini ta’minlashga erishgan Sariosiyo tumani ichki ishlar bo‘limi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi profilaktika inspektori mayor X.Xudoynazarov uch million so‘m miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlangan.

Ushbu mukofotlar viloyat IIB boshlig‘i polkovnik A.Ismoilov tomonidan tantanali ravishda topshirilib, ularning kelgusi ishlariga omad tilab, tashakkur bildirildi.

 Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir hafta davomida sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Q.Samandarov tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirilib, joriy yilning o‘tgan o‘n oyi davomida Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan salbiy holatlar, qonunchilik buzilish holatlari va oqibatlari to‘g‘risida maxsus tayyorlangan videorolik viloyat IIB hamda barcha shahar-tuman IIBlarning shaxsiy tarkibi e’tiboriga videoselektor tarzida namoyish etildi.

“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi yakunida viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.F.Shadiev tomonidan ba’zi xodimlarning yurish turishi, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari bilan birga xatti-harakatlari tanqid qilindi.

 Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech