Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “O‘zbekistonning oltin avlodi” mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy yilning 13 oktabr kuni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosarlari, Akmal Muratov hamda Zavkiddin Xujanovlar ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “O‘zbekistonning oltin avlodi” mavzusida ma’naviyat va ma’rifat darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari yuzasidan,
Termiz davlat universiteti Tarix fakulteti o‘qituvchisi, tarix fanlari doktori professor
Ikromjon Umarovning mavzu yuzasidan ma’ruzasi tinglandi.
Bundan tashqari, viloyat
IIB Tibbiyot bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Alisher Tursunov hamda viloyat IIB
Tibbiyot bo‘limi Harbiy tibbiy komissiyasi raisi katta leynenant Abdusattor Axmedovlar
tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan yangi qabul
qilingan normativ huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyati, hujjatlarni yuritish tartib
qoidalari xodimlar e’tiboriga yetkazildi.
Respublika hududida
ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi
buzilish holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh
boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ma’sul xodimi tomonidan shaxsiy
tarkibga xodimlarning xizmat intizomi hamda qonuniylikka rioya qilishlari to‘g‘risida
ma’lumotlar berilib tanqidiy fikrlar bildirildi.
Shu bilan bir qatorda, IIV tomonidan yuborilgan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar yetkazilib, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilish hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari bilan birga xatti-harakatlari tanqidiy muhokama etilib, shaxsiy tarkibning jingovar shayligi, bilim saviyasini yanada oshirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar haqida tanqidiy fikrlar bildirildi.