Surxondaryo viloyati IIBda yo‘l harakati xavfsizligi xodimlarining psixoemotsional holati o‘rganildi.
Surxondaryo viloyati
Ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati
ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis psixolog
xodimlari tomonidan Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi
xizmati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlarining psixoemotsional
holati o‘rganildi. Bunda asosiy e’tibor, Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi
o‘rtasida salbiy holatlar kelib chiqishining oldini olish, ularning salomatligini
muhofaza qilish, jamoalardagi ma’naviy-ruhiy muhit barqarorligini ta’minlash va
ijobiy hal etishda ko‘maklashish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tashkiliy,
amaliy va tarbiyaviy profilaktik chora-tadbirlarga qaratildi.
Shu bilan birga xizmat
davomida, xodimlar duch keladigan muammoli va qiyin vaziyatlarda o‘zlarini qanday
tutishlari va bu jarayondan ruhiy zo‘riqishlarsiz chiqish usul va ko‘nikmalari oshirildi.