Surxondaryo viloyati IIBda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi xodimlari uchun yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Surxondaryo viloyati IIB
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda uning quyi
tizimida xizmat qilib kelayotgan xodimlar o‘rtasida xizmat va ijrochilik
intizomi hamda qonunchilikni mustahkamlash maqsadida muhokama yig‘ilishi
o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi
IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish Bosh boshqarmasi boshlig‘i
o'rinbosari polkovnik Sayfullaev Behzod Alisherovich, Surxondaryo viloyati IIB
boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Atanazarov Xurshid va IIV SHXBB Surxondaryo
viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig'i podpolkovnik Samandarov Qudratlar
tomonidan fuqarolarga xizmat ko‘rsatishda qonunchilik, xizmat va ijro
intizomiga qatʼiy amal qilishlari, korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik
bo‘yicha shaxsiy tarkibga ko‘rsatma hamda topshiriqlar berildi.