12 Avgust 2025 yil 205

Surxondaryo viloyati IIBda fuqarolar uchun tergov va surishtiruv sohasiga oid navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, fuqarolarning soha bilan bog‘liq muammolariga ijobiy yechim topish maqsadida Surxondaryo viloyatida doimiy ravishda sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.

Jumladan, joriy yilning 12 avgust kuni, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Xurshid Atanazarov tomonidan fuqarolari uchun shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabul davomida asosiy e’tibor, murojaat bilan kelgan fuqarolarning muammolarini joyida hal etish hamda ularga huquqiy maslahatlar berishga qaratilib, buning uchun mas’ul xodimlarning ishtiroki ta’minlanib, qilingan murojaatlarning ijrosi alohida nazoratga olindi.

Text to speech