Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi Oila-muqaddas dargoh mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy yilning 12 may kuni viloyat IIB boshlig‘i birinchi o‘rinbosari, Baxtiyor Inoqov ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida Oila-muqaddas dargoh! (15-may “Xalqaro oila kuni”) mavzusida ma’naviyat va ma’rifat darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari yuzasidan,
Termiz shahar hokimi o‘rinbosari Oila va xotin-qizlar
bo‘limi boshlig‘i Gulnora Rahmonovaning ma’ruzasi tinglandi.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevral kunidagi
“O‘zbekiston Qurolli kuchlarining harbiy nizomlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-23-son
Farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan viloyat IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Jismoniy va jangovar tayyorgarlik bo‘limi boshlig‘i
mayor Xusan Nurmatov tomonidan mazkur farmonning ichki ishlar organlari xodimlari
xizmat o‘tashlari davomida foydalanishi hamda amal qilishi lozim bo‘lgan talab va
tavsiyalar tushuntirildi.
Shuningdek, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-aprel kunidagi “Axborot texnologiyalari
yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga
qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risi”gi 153-sonli Qarori va mazmun-mohiyati yuzasidan
viloyat IIB Tezkor-qidiruv xizmati kiberxavfsizlik bo‘limi ma’sul xodimining ma’ruzasi
tinglandi.
Ma’naviyat va ma’rifat darsi davomida,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil
30-apreldagi “Ichki ishlar orgoanlari tizimini raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha
kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 155-sonli Qarori mazmun mohiyati hamda mazkur
qaror doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora - tadbirlar hususida viloyat
IIB Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash bo‘limi bosh inspektori,
mayor Abror Rahimov tomonidan so‘z yuritildi.
Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 6 may kunidagi 296-sonli qarori bilan “Yo‘l harakati
qoidabuzarliklarni jarima ballari asosida baholash tartibi to‘g‘risida”gi nizom
tasdiqlanganligi hamda mazkur Nizomning mazmun mohiyati hususida viloyat IIB Tashkiliy
boshqarma yuridik ta’minlash guruhi yetakchi yuriskonsulti podpolkovnik Murod Shaymardanovning
ma’ruzalari tinglandi.
Bundan tashqari, Respublika hududida
ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi
buzilish holatlari, korrupsion jinoyatlarga murosasizlik bilan kurash olib borish,
shaxsiy tarkibga xodimlarning xizmat intizomi hamda qonuniylikka rioya qilishlari
to‘g‘risida tanqidiy fikrlar bildirildi.
Bundan tashqari, boshqarma boshlig‘i
o‘rinbosari B.Inoqov tomonidan ba’zi xodimlarning yurish turishi, xizmat intizomi,
qonunchilikka qat’iy rioya qilishi hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan murojaatlar
bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari bilan birga xatti-harakatlari tanqidiy
muhokama etildi. Shuningdek, viloyat hududida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning
barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora tadbirlar borasida
tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ichki ishlar
vazirining tegishli buyrug‘i asosida, Muzrabot tumani Ichki ishlar bo‘limi
faxriylar kengashi a’zosi iste’fodagi mayor Boyqobil Bekmurodov Ichki ishlar vazirligining
“Faxriy xodimi ko‘krak nishoni” bilan tantanali ravishda
taqdirlandi.