Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyili istiqbollari” mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy
yilning 12 fevral kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sh.Shadiev ishtirokida
viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda barcha shahar-tuman IIB shaxsiy tarkibi bilan
video selektor tarzida “Xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyili istiqbollari”
mavzusida navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.
Mavzu
tafsilotlari yuzasidan Termiz Davlat Universiteti qodidagi Akademik litseyi tarix
fani bosh o‘qituvchisi Usmonov Jahongir Xo‘jaqulovichning ma’ruzasi tinglandi.
Shuningdek,
“O‘z joniga qasd qilishni oldini olish” mavzusi doirasida viloyat ruhiy asab kasalliklari
dispanseri vrach psixiatri Ro‘zimurodova Jumaxol Ro‘zimurodovnaning mavzu yuzasidan
ushbu illatning kelib chiqish sabab va omillari hususidagi fikr mulohazalari, taklif
va tavsiyalari tinglandi.
Shundan so‘ng, Respublika va viloyatimiz hududida ichki ishlar organlari
xodimlari tomonidan o‘tgan bir hafta davomida sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi
buzilish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirilib,
O‘zbekiston Respublikasi IIB Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati
bo‘yicha boshqarmasi, viloyat IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash
xizmati hamda viloyat IIB axborot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlangan ichki ishlar organlari xodimlari bilan bog‘liq
salbiy holatlar aks etgan videofilm shaxsiy tarkib e’tiboriga namoyish etildi.
“Ma’naviyat
va ma’rifat” darsi davomida viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan ba’zi xodimlarning
yurish turishi, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi hamda fuqarolar
tomonidan qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari
bilan birga xatti-harakatlari tanqid qilindi.
Shuningdek, o‘z xizmat vazifasiga sidqidildan
yondashib, hamkasblariga o‘rnak bo‘lib, korrupsion jinoyatlarning oldini olishda
namuna ko‘rsatib kelayotgan viloyat IIBning bir guruh xodimlari boshqarma boshlig‘ining
pul mukofotlari, esdalik sovg‘alari va ularning ota-onalari tashakkurnomalari bilan taqdirlanib, el-yurt oldida qilayotgan xizmatlari
e’tirof etildi.