11 Avgust 2025 yil 172

Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Manfaatlar to‘qnashuvi– korrupsiya o‘chog‘i” mavzusiga bag‘ishlandi.

Joriy yilning 11 avgust kuni viloyat IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari mayor Nodir Xoliqov ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Manfaatlar to‘qnashuvi– korrupsiya o‘chog‘i” darsi o‘tkazildi.

Mavzu tafsilotlari yuzasidan, Termiz shahar adliya bo‘limi bosh yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Vohid Nazarovning ma’ruzasi tinglandi.

Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ma’sul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga xodimlarning xizmat intizomi hamda qonuniylikka rioya qilishlari to‘g‘risida ma’lumotlar berilib tanqidiy fikrlar bildirildi.

Bundan tashqari, IIV tomonidan yuborilgan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar yetkazilib, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilish hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari bilan birga xatti-harakatlari tanqidiy muhokama etilib, shaxsiy tarkibning jingovar shayligi, bilim saviyasini yanada oshirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar haqida tanqidiy fikrlar bildirildi.

Shu bilan bir qatorda uzoq yillar ichki ishlar organlari tizimida samarali faoliyat olib borgan podpolkovnik Akmal Abdusattorov viloyat IIBnnig tegishli buyrug‘i bilan tantanali ravishda pensiyaga kuzatildi.

Text to speech