Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Jaloliddin Manguberdi – mardlik va jasorat timsoli” mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy yilning
16 sentabr kuni viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sh.Shadiev ishtirokida
viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan
video selektor tarzida “Jaloliddin Manguberdi – mardlik va jasorat timsoli” mavzusida
navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari
yuzasidan Termiz Davlat Universiteti qoshidagi Akademik litseyi tarix fani bosh
o‘qituvchisi J.Usmonovning ma’ruzasi tinglandi.
O‘quv darsi davomida,
Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun
hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV
Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Q.Samandarov tomonidan
shaxsiy tarkibga xodimlarning xizmat intizomi hamda qonuniylikka rioya qilishlari
to‘g‘risida tanqidiy fikr mulohazalari bildirib o‘tildi.
Bundan tashqari, boshqarma boshlig‘i
o‘rinbsari podpolkovnik Sh.Shadiev tomonidan ba’zi xodimlarning yurish turishi,
xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan
murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari bilan birga xatti-harakatlari
tanqidiy muhokama etildi.