23 Dekabr 2024 yil 821

Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Ma’naviy yuksalish taraqqiyot kafolati” mavzusiga bag‘ishlandi.

Joriy yilning 23 dekabr kuni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sh.Shadiev ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Ma’naviy yuksalish taraqqiyot kafolati” mavzusida navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.

Mavzu tafsilotlari yuzasidan, Termiz shahar 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi Azizbek Alimovning ma’ruzasi tinglandi.

Shundan so‘ng, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Q.Samandarov tomonidan shaxsiy tarkibga xodimlarning xizmat intizomi hamda qonuniylikka rioya qilishlari to‘g‘risida tanqidiy fikrlar bildirildi.

Bundan tashqari, boshqarma boshlig‘i o‘rinbsari podpolkovnik Sh.Shadiev tomonidan ba’zi xodimlarning yurish turishi, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari bilan birga xatti-harakatlari tanqidiy muhokama etildi.

Dars davomida, viloyat IIB Davolash profilaktika muassasasi Tibbiyot bo‘limi Sanitariya epidemiologiya nazorati markazi boshlig‘i-shiforkor mayor Xolmamat Shoimqulovning “Ovqatdan zaharlanish- botulizm” kasalligining belgilari va alomatlari mavzusida shaxsiy tarkibga ma’lumotlar berib o‘tdi.

Text to speech