9 Sentyabr 2024 yil 280

Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Najot ta’limda, najot tarbiyada, najot ilmda” mavzusiga bag‘ishlandi.

Joriy yilning 9 sentabr kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B.Inoqov hamda viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sh.Shadievlar ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Najot ta’limda, najot tarbiyada, najot ilmda” mavzusida navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.

Mavzu tafsilotlari yuzasidan Termiz shahar 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot o‘qituvchisi S.Tilovovaning ma’ruzasi tinglandi.

Shundan so‘ng, AT Xalq banki Surxondaryo viloyat Mintaqaviy Markazi bank tarmoqlari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i A.Bo‘ronov tomondan AT Xalq banki tomonidan mijozlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kreditlarning foiz stavka qulayliklari hamda yashil energetikani tejash maqsadida joriy qilingan hamda aholi o‘rtasida Quyosh panellari o‘rnatilishi uchun ajratilayotgan kredit mablag‘lari yuzasidan tegishli ma’lumotlar va tavsiyalar berib o‘tildi.

O‘quv darsi davomida, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Q.Samandarov tomonidan shaxsiy tarkibga xodimlarning xizmat intizomi hamda qonuniylikka rioya qilishlari to‘g‘risida tanqidiy fikr mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Bundan tashqari, boshqarma boshlig‘i o‘rinbsari podpolkovnik Sh.Shadiev tomonidan ba’zi xodimlarning yurish turishi, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari bilan birga xatti-harakatlari tanqidiy muhokama etildi.

Shundan so‘ng, mamlakatimizda jamoat xavfsizligi, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, yosh avlodni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlarni hayotga izchillik bilan tatbiq etishdagi katta xizmatlari hamda “1 sentabr – Mustaqillik kuni” bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi IIVning tegishli buyrug‘iga binoan “Ichki ishlar organlarining faxriy xodimi” ko‘krak nishoni iste’fodagi mayor Toshev Izzatillo Nurovichga, viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B.Inoqov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, jamiyatda ta’magirlik va korrupsion jinoyatlarning oldini olish unga murosasiz qarshi kurashish borasida  jonbozlik ko‘rsatib kelayotgan bir guruh ichki ishlar organlari xodimlarining xizmatlari alohida e’tirof etilib, viloyat IIB boshlig‘ining buyrug‘i bilan pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Text to speech