12 Avgust 2024 yil 265

Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Manfaatlar to‘qnashuvi – taraqqiyot kushandasi” mavzusiga bag‘ishlandi.

Joriy yilning 12 avgust kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sh.Shadiev ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Manfaatlar to‘qnashuvi – taraqqiyot kushandasi” mavzusida navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.

Mavzu tafsilotlari yuzasidan viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘linmasi xodimi J.Napasovning ma’ruzasi tinglandi.

“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida qo‘shimcha mavzu sifatida, viloyat Adliya boshqarmasi huquqiy axrobot bo‘yicha bosh maslahatchisi Bunyod Avazovning “Saylov huquqi: inson qadriga yuksak e’tibor” mavzusidagi ma’ruzasida O‘zbekiston saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlar haqidagi ma’ruzasi tinglanib, ushbu qonunning mazmun mohiyati shaxsiy tarkib e’tibotiga yetkazildi.

Shundan so‘ng, joriy yilning 9 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV rahbariyati huzurida o‘tkazilgan tezkor videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlari shaxsiy tarkib e’tiboriga o‘qib eshittirildi. Shu bilan birga Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi masu’l xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga xodimlarning xizmat intizomi hamda qonuniylikka rioya qilishlari to‘g‘risida tanqidiy fikr mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Bundan tashqari, ba’zi xodimlarning yurish turishi, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari bilan birga xatti-harakatlari tanqidiy muhokama etildi.

Text to speech