Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Jadidlar jasorati – ibrat maktabi” mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy yilning 9 iyun kuni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i Sherzod Shadiev ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Jadidlar jasorati – ibrat maktabi” darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari yuzasidan,
Termiz Davlat Universiteti tarix fanlar doktori,
professor Toshkenboy Pardaevning ma’ruzasi tinglandi.
Shundan so‘ng qo‘shimcha mavzu
sifatida, viloyat IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi bosh
inspektori podpolkovnik Anvar Mirzaev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-610-sonli Qonunining
mazmun mohiyati shaxsiy tarkib e’tiboriga yetkazildi.
Ma’naviyat
va ma’rifat darsi davomida, o‘quv seminar ham tashkil etilib, unda O‘zbekiston Respublikasi
hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan noqonuniy foydalanilishini
oldini olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish mavzusida Surxondaryo viloyati
Elektromagnit moslashuv xizmati 2-toifali muhandisi Samadjon Nabievning taqdimoti
tinglandi.
Respublika hududida
ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi
buzilish holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh
boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ma’sul xodimi tomonidan shaxsiy
tarkibga xodimlarning xizmat intizomi hamda qonuniylikka rioya qilishlari to‘g‘risida
tanqidiy fikrlar bildirildi.
Bundan tashqari, boshqarma boshlig‘i
o‘rinbosari Sh.Shadiev tomonidan ba’zi xodimlarning yurish turishi, xizmat intizomi,
qonunchilikka qat’iy rioya qilishi hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan murojaatlar
bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari bilan birga xatti-harakatlari tanqidiy
muhokama etildi.
Shuningdek, viloyat hududida huquqbuzarlik
va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan
chora tadbirlar borasida tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, Joriy yilning 4-5
iyun kunlari Toshkent viloyatida o‘tkazilgan “Yoshlar oyligi-2025” doirasida Ichki
ishlar organlarining yosh xodim va harbiy xizmatchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat
intellektual” o‘yini bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasida faxrli birinchi o‘rinni
egallagan Surxondaryo viloyati IIBning yosh xodimlari jamoasi Ichki ishlar vazirligining
10 millon so‘m hamda boshqarma boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan 2 million so‘m
miqdoridagi bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.
Bundan tashqari, korrupsion jinoyatlarga murosasiz kurash olib borishda hamda ish yurituvida bo‘lgan hujjatlarni qonunga zid ravishda hal qilib berish evaziga taklif qilingan porani rad qilib, safdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir qator ichki ishlar organlari xodimlari viloyat IIB boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan pul mukofoti tantanali ravishda topshirildi.